O‘zbekiston | 10:15 / 04.05.2016
6094
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Tehronga ilk yuk tashish reysini amalga oshirdi

29 aprel kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi «Navoiy» xalqaro aeroportidan Erondagi Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportga ilk yuk tashish reysini amalga oshirdi.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, ilk reysda 35,5 tonna yuk tashilgan (elektronika mahsulotlari, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boshqa turdagi mahsulotlar).

Eron poytaxti Tehronga muntazam yuk tashish reyslari Korean Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshira boshlandi. 

Reyslar Boeing-767-300BCF yuk samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda «Navoiy» xalqaro aerporti orqali Frankfurt, Vena, Milan, Saragosa, Tel-Aviv, Dubay, Dehli, Mumbay va Seulga yuk yetkazilmoqda.

Bundan avvalroq, aprelning oxiridan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Tehronga muntazam yuk tashish reyslarini amalga oshira boshlashi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid