Sport | 15:09 / 09.05.2016
4268
1 daqiqa o‘qiladi

CAS Platinining diskvalifikatsiyasi muddatini 4 yilga tushirdi

Sport arbitraj sudi (CAS) UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platinining 6 yilga futbol faoliyatidan chetlatilishi bo‘yicha berilgan apellyatsiyani ko‘rib chiqdi.

Sud qaroriga ko‘ra diskvalifikatsiya o‘z kuchida qolgan ammo uning muddati 6 yildan 4 yilga tushirilgan. Shuningdek, qo‘llangan jarima miqdori 72 ming yevrodan 54,3 ming yevroga kamaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 21 dekabrida FIFAning etika qo‘mitasi Yozeff Blatter va Mishel Platinini moliyaviy firibgarlikda gumon qilib 8 yil muddatga futbol faoliyati bilan shug‘ullanishdan chetlatgandi. 2016 yilning fkvralida FIFAning appelyatsiya qo‘mitasi ikki amaldorning ham diskvalifikatsiyasi muddatini 6 yilga tushirdi.

Bunga Platinining FIFA tizimida 1999 yilning yanvaridan 2002 yilning iyunigacha bo‘lgan davrdagi xizmatlari uchun 2011 yilning fevralida 2 mln frank miqdorida to‘lov amalga oshirilgani shubhali ko‘ringani sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid