"Chelsi" muxlislari norozilik aksiyasi o‘tkazmoqchi
"Chelsi" jamoasi muxlislari rahbariyatning Jon Terri bilan shartnomani uzaytirmasligi bo‘yicha qaroriga qarshi norozilik aksiyasini o‘tkazishmoqchi. Bu haqda Metro xabar tarqatgan.
Xabar qilinishicha, londonliklar jamoasi muxlislari jamoaning Angliya chempionati doirasidagi 2ta o‘yini vaqtida (11 may kuni "Liverpul"ga qarshi safarda va 15 may kuni "Lester"ga qarshi Londonda) 26-daqiqadan boshlab tribunalarni tark etish aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirishgan (26 - Jon Terrining raqami - tahririyat).
35 yoshli Jon Terri 1998 yildan boshlab "pensionerlar" jamoasi safida o‘yinlarda ishtirok etib keladi. U joriy mavsumda APLning 24ta uchrashuvida maydonga tushirildi va bitta gol urdi. Terri 37-tur o‘yinida, "Sanderlend"ga qarshi bahs vaqtida qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.
Mavzuga oid
17:28 / 31.05.2020
«Jon Terri – doimiy mijozlarimizdan» - Londonda kostyum biznesini yo‘lga qo‘ygan Elbek Aliyev bilan suhbat
08:07 / 08.10.2018
Terri futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini e'lon qildi
12:06 / 15.09.2018
Jon Terri «Chelsi»ga qaytdi
21:50 / 12.09.2018