Deraza oynalariga argon nima uchun kerak?
Hech kimga sir emaski, uydagi derazalar - bu sizning betakror uslubingizni tasdiqlaydigan intererning ko‘rkam detaligina emas, balki tashqi tabiiy omillardan himoya qiluvchi ko‘p funksiyali ishonchli vosita hamdir. Siz uchun derazaning vaysi funksiyalari eng dolzarb ahamiyatga egaligiga qarab, ImzoAkfa shou-rumlari konsultantlari taklif qilingan byudjyetdan kelib chiqib Sizga mos keluvchi eng maqbul variantni tanlashga yordam berishadi.
Zamonaviy deraza oynalarining eng muhim elementlaridan biri metall tasma perimetri bo‘yicha o‘zaro birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq oyna bo‘lagidan iborat oynalar to‘plami hisoblanadi. Aynan oynalar vazni tufayli tayyor oyna shunday og‘ir bo‘ladi. Keling, oydinlik kiritamiz, oynlarda shu darajada muhim nima bor ekan?
Maksimal ergonomika uchun oynalar inert gaz bilan to‘ldiriladi, ularning orasida argon eng optimali hisoblanadi. Oynalarni argon bilan to‘ldirish texnologiyasi O‘zbekistonda yaqinda ImzoAkfa fabrikasida qo‘llaniluvchi maxsus uskuna yordamida yo‘lga qo‘yildi.
Argon qoplamli oynalarning ustunliklari bisyor:
- Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Argonning issiqlik o‘tkazuvchanligi oddiy havodan ancha kam, bu oynalarning issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlarini 40-60 foizga yaxshilaydi. Argonli oynalar shu tariqa yilning sovuq mavsumlarida issiqlikni yaxshi saqlaydi hamda jazirama yoz mavsumida yoqimli salqin havoni kafolatlaydi.
- Ergonomlik. Argonli oynalarning ergonomligi aniq - bunday oynalar xonadagi haroratni saqlab qolib, uydagi ichki iqlimni bir maromda ushlab turish uchun ketadigan harajatlarni qisqartiradi.
- Shovqin izolyatsiyasi xususiyatlari. Argonli oynalarning shovqin izolyatsiyasi xususiyatlari oddiy oynalarga qaraganda 15-20 foizga baland. Bu ovoz to‘lqinlarining nafaqat shisha orasidan, balki uning ichidagi inert gaz orasidan ham o‘tishiga to‘g‘ri kelishi bilan izohlanadi.
- Zararli ultrafiolet nurlardan himoya. Bu so‘zsiz argonli oynalarning eng asosiy ustunliklaridan biridir. Gap shundaki, inert gazning fizik-kimyoviy xossalari tufayli argon UF-nurlarni to‘liq aks ettiradi va bu bilan quyoshli kunlarda xavfsizlikni ta'minlaydi.
- Yuqori optik xususiyatlar. Argon havoga nisbatan yuqori optik xususiyatlarga ega, bu bilan u deraza tashqarisidagi predmetlarning buzib ko‘rsatilmasligini ta'minlaydi. Harorat o‘zgarishiga qaramay, inert gaz o‘z xususiyatlarini saqlab qolishi natijasida shunday aniqlikka erishiladi.
Shu tariqa, argon bilan to‘ldirilgan oynalar uni ko‘p funksiyali qiladi va uning issiqlik va shovqin o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash uchun profil kameralari sonini ko‘paytirishga zarurat qolmaydi. Bundan tashqari, inert gaz bilan to‘ldirilgan bir kamerali oynaning oddiy havo to‘ldirilgan ko‘p kamerali oynalardan hech qanday kam joyi yo‘q. Demak, Siz argon oynalarni tanlab, konstruksiyani yengillashtirishingiz va shu bilan birga oynani mahkam ushlab turgan furnituraning xizmat qilish muddatini uzaytirishingiz ham mumkin.
Batafsil ma'lumotlar uchun telefon raqami: 207 7777
Rasmiy sayt: imzo.uz
Reklama huquqi asosida.
Mavzuga oid
20:35 / 25.11.2022
Zarafshonda oyna ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi
08:19 / 30.05.2022
Toshkentda 8-qavatning panjara o‘rnatilmagan deraza tokchasida o‘tirgan bolalar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
16:30 / 13.11.2020
Akfa Lighting LED: 10 yil yo‘lingizni yoritib!
07:29 / 10.09.2020