Toshkentda antiqa YTH yuz berdi
Toshkentda 2 iyunda "ZIL" un tashuvchi yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea guvohlari olgan suratlar feysbukdagi "Voditeli Tashkenta" guruhida chop etildi.
Suratlarda "ZIL" un tashuvchi yuk mashinasi oshxona devoriga borib urilgani, uning g‘ildiraklari ostida esa bir nechta plastmassa stol-stullar majaqlanib yotganini ko‘rish mumkin.
Surat muallifining ma'lum qilishicha, noxush voqea Shastri ko‘chasida avtomobilning tormozi ishlamay qolishi oqibatida yuz bergan. Hech kim jabrlanmagan.
Voqeaning guvohi bo‘lgan foydalanuvchilardan birining aytishicha, un tashuvchi mashina haydovchisi "tormozsiz" qolgandan keyin esankirab qolmay, uni to‘xtatish va boshqa mashinalarga ziyon yetkazmaslik maqsadida mashinani yo‘l chetiga olib, uni devorga olib borib to‘xtatgan.
Xabar muallifining aytishicha, haydovchi mashinani to‘xtatgach, undan sog‘-omon tushib kelgan va o‘ziga ziyon yetmaganini aytgan.