Jamiyat | 15:34 / 04.06.2016
30058
2 daqiqa o‘qiladi

Kvartira narxlari pasayishda davom etmoqda

May oyida Toshkentning ikkilamchi uy-joy bozoridagi  o‘rtacha narx aprel oyiga qaraganda 2 foizga - 1 kvadrat metr uchun 623 dollardan 609 dollargacha pasaydi. Bu haqida "Gazeta.uz" taqdim etgan CREDO MAX ESTIMATION baholash tashkilotining ma'lumotidan bilib olish mumkin.

Panel tipdagi uylar xonadonining "bir kvadrati" narxi 574 dollarni tashkil qildi, aprel oyida esa uning bahosi 590 dollar qilib belgilangan edi (-3), g‘ishtli uylarda esa o‘rtacha narx 652 dollardan iborat bo‘lib, bu aperl oyidagi 663 dollarga nisbatan 2 foizga kam. 

Taklif etilayotgan narx undagi xonalar sonidan kelib chiqib, bir xonali uylarda - 610 dollar (-2 foiz), ikki xonali uylarda -  593 dollar (-3 foiz), uch xonali uylarda - 611 dollar (-2 foiz), to‘rt xonali uylarda - 630 dollar (-3 foiz) va ko‘p xonali uylarda - 605 dollar (-2 foiz)ni tashkil etdi. 

May oyida o‘rtacha narxning pasayishi Toshkentning 11ta tumanidan 8tasida kuzatildi. Narxlarning ko‘tarilishi esa Olmazor, Mirobod va Yunusobod tumanlarida qayd etilgan, bu yerlarda uy-joy bahosi aprel ko‘rsatkichlari darajasida qolgan. 

Shahar hududlashtirish jihatidan kelib chiqib (yer soliqlari shunga muvofiq belgilanadi) narxlar barcha hududlarda pasaygan deyish mumkin (jadval).

Shahar markazida narxning o‘rtacha darajasi may oyi uchun 1 kvadrat metrga 779 dollarni tashkil etdi. 

Birinchi doira segmentida (2-4- hududlar) 1 kvadrat metr narxi 583 - 655 dollar atrofida bo‘lgan, ikkinchi doira segmentida (5-9-hududlar) - 498 - 595 dollar, Sirg‘ali va Bektemir tumanlarining 10-hududi  - 474 dollar.