Google kuzatayotgan suhbatlarni qanday qilib eshitish va o‘chirish mumkin
Google kompaniyasi foydalanuvchilar haqidagi har bir ochiq ma'lumotni yig‘ishi va ularni saqlashi haqidagi faktni inkor etmagan. Endilikda yangi “Xatti-harakatlarni kuzatish” (Otslejivaniye deystviy) xizmati yordamida bunga o‘zingiz amin bo‘lishingiz va siz haqingizda yig‘ilgan ma'lumotlarni o‘chirish imkoniyatidan foylanishingiz mumkin.
Yaqin kunlarda Google dasturchilari “Mening akkauntim” (Moy akkaunt) xizmatini yangilashdi va buning natijasida xizmatdan foydalanish yanada osonlashdi. Bundan tashqari, ovozli so‘rovlar tarixiga bag‘ishlangan yangi bo‘lim ham paydo bo‘ldi.
Shaxsiy ma'lumotlarni ko‘rish uchun “Mening akkauntim” (Moy akkaunt) xizmatiga kirib, “Xatti-harakatlarni kuzatish” (Otslejivaniye deystviy) bo‘limini oching.
Keyin esa siz ma'lum bir kategoriyaga ega bo‘lgan ma'lumotlar seksiyalarini uchratasiz:
- Qidirish so‘rovlari va ko‘rilgan sahifalar;
- Siz tashrif buyurgan joylar;
- Ovozli so‘rovlar va buyruqlar;
- YouTube orqali qidirgan videolaringiz;
- YouTube orqali tomosha qilgan videolaringiz.
Agar siz Chrome brauzeri foydalanuvchisi bo‘lsangiz va Android boshqaruvidagi smartfoningiz bo‘lsa, yuqorida qo‘rsatilgan ma'lumotlarni ko‘rishingiz mumkin.
Bu ma'lumotlarni ko‘rib, siz ularning ma'lum birini o‘chirish istagida bo‘lishingiz aniq. Buni amalga oshirish juda ham oson: “kerak bo‘lmagan” ma'lumotlarni belgilang va “O‘chirish” tugmasini bosing. Agarda siz bir necha kun yoki ma'lum bir davr so‘rovlarining tarixini o‘chirishni istasangiz, yuqoridagi panelda joylashgan maxsus buyruqlar yordamida buni amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, “Mening akkauntim” (Moy akkaunt) xizmati orqali har bir kategoriya uchun ma'lumotlarni yig‘ishni taqiqlab ko‘yishingiz mumkin.