Yeva Karneyro va "Chelsi" tinchlik bitimi tuzishdi
Londonning "Chelsi" futbol klubining sobiq shifokori Yeva Karneyro va klub o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilikni tartibga solishdi va sud taftishi davomida tinchlik bitimini tuzishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Karneyro klubni va jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoni tahqirlashda ayblab, sudga bergan. Avvalroq Karneyro klub bilan kelishmovchilikni 1,2 mln funt sterling miqdoridagi tovon puli evaziga sudgacha hal qilishga rozi bo‘lmagani ma'lum qilingandi.
"Chelsi" Karneyro bilan kelishuvga erishilganini ma'lum qilishdan mamnun va vaziyat shifokorning klubdan ketishini taqozo qilganidan afsusda. Rasman ta'kidlaymiz, shifokor maydonga yugurib chiqishi o‘yin qoidalariga va jamoa shifokori vazifalariga to‘liq mos keladi", deyilmoqda xabarda. Kelishuv erishilgan shartlar oshkor qilinmagan.
O‘z navbatida, Mourino Karneyroga klub shifokori sifatidagi a'lo ishi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Angliyaning yakunlangan mavsumining "Chelsi" va "Suonsi" o‘rtasidagi 1-uchrashuvida Karneyro "Chelsi"ning jarohat olgan o‘yinchisi Eden Azarga yordam bergani maydonga yugurib chiqqan. Qoidalarga ko‘ra, shundan keyin futbolchi vaqtincha maydonni tark etishi kerak bo‘lgan va bu holda jamoa kamchilik bo‘lib qolardi. Mourino shifokorning bu xatti-harakatlaridan achchiqlanib, uni tanqid qilgan va jamoa bilan ishlashdan chetlatgan edi. Karneyro keyinroq jamoani butkul tark etgan.