Jahon | 17:50 / 13.06.2016
10555
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Obama boshqaruvida AQSh bilan aloqalar yomonlashganidan shikoyat qildi

Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti sifatida Barak Obama saylanganidan keyin, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishidan ko‘ngli to‘lmayotganini bildirdi, deb xabar qilmoqda Hurriyet Daily News.

Davlat rahbarining so‘ziga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va tashqi siyosatdagi o‘zaro hamkorlik yaxshilanish o‘rniga yomonlashgan. Bundan tashqari, AQShning IShIDga qarshi kurashida Turkiya bilan hamkorligi ham havas qilgulik emas. 

"Shunday bo‘lsa-da, bularning barchasida birgina AQShni aybdor sanash noto‘g‘ri bo‘lur edi", - degan Turkiya prezidenti. 

Bundan tashqari, Turkiya rahbari, Rossiya bilan hamkorlikka to‘xtalar ekan, uning 2015 yil noyabrida Rossiya harbiy kosmik kuchlariga tegishli Su-24M bombardimonchi samolyotining urib tushirilgunicha, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar juda yaxshi bo‘lganini e'tirof etib, ushbu munosabatlar tiklanishiga umid bildirgan.

Uning aytishicha, Rossiya bilan Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash AQSh bilan savdo aloqalaridan ko‘p bo‘lgan va buni yiliga 100 mlrd dollarga chiqarish borasida harakat olib borilayotgan bo‘lgan.