Sport | 15:19 / 14.06.2016
10206
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek bokschisi indoneziyalik nokautchini muddatidan avval mag‘lub etdi

O‘tgan dam olish kunlari Singapurda "Singapore Fighting Championship 3" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek professional bokschisi Aziz Abdug‘afurov (2-0-0, 2 KO) ham qatnashgan.

Aziz indoneziyalik tajribali bokschi Saxlan Koral (15-4-0, 8 KO)ga qarshi ringga tushgan. Garchi jangda Koral favorit bo‘lsa-da, Abdug‘afurov 6 raundlik jangning ikkinchi raundida raqibini nokautga uchratib, muddatidan avval g‘alaba qozongan. 

Shu bilan, o‘zbek bokschisi o‘zining professional ringdagi yurishini davom ettirmoqda. U, 17 may kuni Toshkentda o‘tkazgan debyut uchrashuvida gruziyalik Giga Nadiradzeni nokautga uchratgandi.