O‘zbekiston | 00:57 / 15.06.2016
7885
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston havo yo‘llari Voronejga birinchi reysni amalga oshirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 14 iyundan boshlab Toshkent-Voronej-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqida aviakompaniya matbuot hizmati xabar beradi.

Yangi reys Rossiya shahridagi yo‘lovchilar uchun Janubi-sharqiy Osiyoga sayohat qilishga qulay imkoniyat yaratadi. Kelajakda esa Gruziya va Ozarbayjonga borish imkoni tug‘iladi. Voronejda «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakolatxonasi xizmat ko‘rsatadi.

Parvozlar seshanba kunlari A320 laynerida amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish vaqti — 18:55, Voronejga qo‘nish vaqti — 21:00. Qaytish reysi 23:00da parvoz qiladi va poytaxtga 4:40da yetib keladi (mahalliy vaqt bilan).

Avgust oyiga kelib reyslar chastotasi ortishi mumkin, deb xabar qiladi «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakili  Baxtiyor Norboboyev. Bundan tashqari, yaqin kelajakda yuk tashish xizmati ham ochiladi.

Mavzuga oid