Jamiyat | 09:50 / 16.06.2016
21797
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Autograph Art Gallery san'at galereyasining ochilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi arafasida poytaxtda Autograph Art Gallery tasviriy va amaliy san'at galereyasi ochildi. Galereyaning yorug‘, shinam zallarida taqdim etilgan san'at ishlari orasida mehmonlar mashhur mualliflarning san'at asarlari bilan birga iste'dodli yosh rassomlar, haykaltaroshlar va dizaynerlarning mehnat mahsulini ham ko‘rishlari mumkin. 

Galereyada namoyish etilgan asarlardagi zamonaviy tasviriy san'at turlari va uslublarining xilma-xilligi ijro mahorati, muallif nigohining yangiligi va an'anaviy milliy hashamat bilan kishini hayratga soladi. Mahalliy xalqning urf-odatlari va an'analarining butun go‘zalligini aks ettiruvchi miniatyuralar, milliy liboslar kiydirilgan chiroyli qo‘g‘irchoqlar, tabiiy toshlar bilan bezatilgan kumush taqinchoqlar, bejirim naqshlar tushirilgan yog‘ochdan yasalgan buyumlar - bular Autograph Art Gallery'da taqdim etilgan san'at asarlarining hammasi emas. 

Poytaxtimizning markazidagi galereyaning tantanali ochilishiga mashhur rassomlar, libos dizaynerlari, san'atshunoslar va shunchaki go‘zallik shaydolari taklif etildi. Rasmiy ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar Yelena Milberger va Madina Kosimbayeva kabi O‘zbekistonning taniqli libos dizaynerlarining defilesidan bahramand bo‘lishdi. Modellar ko‘rkam zamonaviy siluetlar va an'anaviy uslubda bajarilgan yorqin bosmalar uyg‘unlashgan ajoyib liboslarni namoyish etishdi. 

Tadbirning rasmiy qismi nihoyasiga yetgandan so‘ng mehmonlar galereyada taqdim etilgan san'at asarlarini tomosha qilishdi, shuningdek ularning mualliflarining mahorat darslari jonli translyatsiya qilindi. 

Sayyohlikning rivojlanishi va jamoatchilikning O‘zbekistondagi an'anaviy san'at turlariga qiziqishi - Autograph Art Gallery ochilishining juda muhim, ammo yagona maqsadi emas. Ajoyib eksponatlarning sotuvidan tashqari galereya yaratuvchilari boshqa, bugungi kundagi dolzarb vazifalar - mamlakatda hayriya tadbirlarini rivojlantirish va O‘zbekistondagi yosh iste'dolarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi.

Yaqin kelajakda biyennalle mahorat darslarini o‘tkazish rejalashtirilgan, O‘zbekistondagi zamonaviy an'anaviy san'atning ma'lumotlar bazasiga kirish imkoniyati san'at o‘quv dargohlari talabalariga hamda mamlakatning madaniy hayotiga qiziqqan barcha insonlarga san'at sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirishga yo‘l ochadi. 

Esdalik uchun Autograph oling!
Veb sayt: www.galleryart.uz
Autograph Art Gallery ijtimoiy tarmoqlarda: Facebook va Instagram 
Batafsil ma'lumotlar uchun telefon: +998 71 203 00 33

Reklama huquqi asosida.