Anjyelina Joli siyosat uchun ko‘chmas mulkdan voz kechishga qaror qildi
Amerikalik aktrisa, BMTning ko‘ngilli elchisi Anjyelina Joli Buyuk Britaniyada siyosiy karera qilish uchun Fransiyadagi uyini sotishni rejalashtirmoqda. Uning turmush o‘rtog‘i Bred Pitt uyning sotilishiga qarshi, deya xabar beradi Wonderwall.com portali.
Aktrisa Lordlar Palatasidan o‘rin egallamoqchi va hozirgi vaqtda u Palataning faol a'zosi, baronessa Arminka Helik bilan hamkorlik qilmoqda. Shu bilan birga Joli London iqtisodiyot maktabida saboq bermoqda.
Britaniya parlamentining yuqori palatasiga a'zo bo‘lish uchun aktrisa xorijdagi ko‘chmas mulklaridan xalos bo‘lishi lozim. Manbaga ko‘ra, Joli Fransiyadagi ko‘chmas mulkini sotuvga qo‘ymoqchi, ammo uning yangilanishiga katta hissa qo‘shgan turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bunga qarshilik qilmoqda.
Bundan tashqari, juftlikning Kaliforniyada ham uyi bo‘lib, u rasman Joliga tegishli yoki tegishli emasligi noma'lum.
Anjyelina Joli 1975 yilning 4 iyunida Kaliforniya shtatida tavallud topgan. Kinodagi ilk rolini 1982 yilda ijro etgan. Uning kinodagi eng so‘nggi ishlaridan biri - "By the Sea" ("Dengiz bo‘ylab") dramasi bo‘lib, unda aktrisa turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan suratga tushgan.
2016 yilning may oyida Joli London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabining muallimi etib tayinlandi. Yaqin orada ta'lim muassasasi tarkibida ayollar, tinchlik va xavfsizlikka doir muammolarga bag‘ishlangan yangi tadqiqot markazining ochilishi kutilmoqda. Unda Joli BMT oliy komissiyasi idorasining qochqinlar masalasi bo‘yicha maxsus elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:50 / 11.10.2024
50 yoshdan keyin oila qurganlar soni ma’lum qilindi
17:16 / 05.09.2024