Jahon | 00:30 / 26.06.2016
5222
1 daqiqa o‘qiladi
Somalida jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 15 kishiga ortdi
“Ash-Shabob” terrorchilik guruhining jangarilari Somali poytaxtidagi mehmonxonalardan biriga qilgan qurolli hujumlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi. Bu haqda politsiya vakillari xabar bergan.
Mahalliy politsiya vakilining ma'lum qilishicha, qurbon bo‘lganlar orasida nafaqat tinch aholi vakillari, balki mehmonxona qo‘riqchisi va jangarilarning o‘zi ham kiradi.
«Ayni damda operatsiya yakunlangan. Ammo biz mehmonxonani tozalashda davom etyapmiz. Chunki jangarilar berkinib olgan bo‘lishlari mumkin», — degan huquq-tartibot idoralari xodimlari.
Ammo terrorchilar vakilining aytishicha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetadi.
Foto: Reuters