Jahon | 18:40 / 27.06.2016
9265
1 daqiqa o‘qiladi

Moldaviyaning sobiq bosh vaziri 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Kishinyov sudi Moldaviyaning sobiq bosh vaziri Vlada Filatni korrupsiyada aybdor deb topdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Sud Filatga 9 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagan.

Bundan oldinroq, Filat sud vaqtida hushini yo‘qotgani haqida xabar berilgandi.

Moldaviya parlamenti 2015 yilning oktabrida parlament binosida qamoqqa olingan Filatni deputatligi evaziga daxlsizlik huquqidan foydalanishdan mahrum etgandi.

Mavzuga oid