Rodrigo Duterte Filippinning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Maniladagi qarorgohida yangi davlat rahbari sifatida qasamyod qildi. Bu haqida Frans Press agentligi ma'lum qildi.
"Rahbar qanchalik kuchli bo‘lmasin, agar xalqi uni qo‘llab quvvatlamasa va hamkorlik qilmasa, u millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda muvaffaqiyatga erisha olmaydi", - dedi u.
Duterte may oyida bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra prezident sifatida saylangan edi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Duterte uchun 16,6 million saylovchi ovoz bergan. Uning raqibi - parlamentariy Leni Robredo 14,4 million ovoz to‘plab, mamlakat vitse-prezidenti etib tayinlandi. Prezident lavozimiga o‘tirishdan avval Duterte 22 yil Davao shahri meri sifatida faoliyat yuritgan.
Saylov natijalari oshkor etilganidan so‘ng bo‘lg‘usi prezident bir qator qarama-qarshi fikrlar bildirdi. Xususan, u mamlakatda o‘lim jazosini qayta tiklash niyati haqida ma'lum qildi.
Foto:© REUTERS
Mavzuga oid
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
13:10 / 29.10.2024