Jahon | 16:00 / 08.07.2016
5239
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: YeI mamlakatlari AQSh bilan ma'lumotlar almashinuviga doir bitimni tasdiqlashdi

Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar hukumatlari Qo‘shma Shtatlar bilan “YeI va AQShning maxfiy qalqoni” nomli ma'lumotlar almashinuvi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashdi. Reuters agentligining xabar qilishicha, u kelasi haftadayoq kuchga kirishi mumkin. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 12 iyul kuni Yevrokomissiya mazkur hujjatni rasman tasdiqlaydi. The New York Times gazetasi ikki tomonlama tasdiqlash jarayonining 11 iyuldan oldin amalga oshmasligi haqida xabar bergan edi, zero shu kuni AQSh savdo vaziri Penni Pritsker Bryusselga tashrif buyuradi. 

Ma'lumotlar almashinuviga doir yangi bitimning kuchga kirishi, kutilganidek, amerikalik va yevropalik mutaxassislarning eng yirik kompaniyalar tomonidan okean orqali raqamli ma'lumot uzatilishiga oid munozaralariga nuqta qo‘yadi. O‘tgan yilning oktabr oyida Lyuksemburgdagi Yevropa sudi 2000 yilda tuzilgan avvalgi bitim yevropaliklarning shaxsiy hayotini yetarli darajada himoya qilishni ta'minlamasligi haqida qaror chiqargan edi. Avstriyalik shaxsiy ma'lumotlar himoyasi uchun kurashuvchi Maks Shrems bu ishda tashabbus ko‘rsatib, sud jarayonini yo‘lga qo‘ygan, u Facebook’ning Amerikadagi serverlariga jo‘natilayotgan ma'lumotlar daxlsizligiga kafolat yo‘qligidan shikoyat qilgan. 

Mavzuga oid