Avstraliya olimlari cho‘ponlar mehnatini yengillashtirishga qo‘l urishdi
Sidney universiteti olimlari «dunyodagi birinchi cho‘pon-robot» sinovini o‘tkazayapti, deb xabar qilmoqda New Scientist nashri. SwagBot deb nomlangan to‘rt g‘ildirakli mashina sinovi iyun oyida boshlangan. Robotlashgan cho‘pon prototipi, qo‘y, qoramol va ot to‘dalarini bir joyga to‘play oladi, o‘tib bo‘lmas do‘ngliklarni aylanib o‘tish orqali yaylov kengliklarida harakatlanib, og‘ir yuklarni aravada tashiy oladi.
Olimlar, ishlab chiqarishning keyingi bosqichida, robot-cho‘ponga, chorva mollari tana haroratini o‘lchay oladigan va ularning orasidan kasallanganlarini aniqlay oladigan sensorlarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, SwagBot chorva podasini boqish uchun munosib joy tanlay oladi, ya'ni unga u yoki bu maydondagi maysalarning qalinligini aniqlaydigan sensorlar ham o‘rnatiladi.
Avvalroq, Sidney universiteti mutaxassislari qishloq xo‘jaligi ekinlarining holatini avtomatik ravishda nazorat qila oladigan robotni ishlab chiqishgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
18:22 / 13.04.2024
Sidneyda erkak pichoq bilan odamlarga hujum qildi, qurbonlar bor
10:43 / 13.10.2022
Qashqadaryolik fermer norozilik sifatida tuman markazidagi bank binosi oldiga chorva mollarini haydab keldi
22:10 / 13.07.2022
Sirdaryoda yashovchi fuqaroda chorva mollaridan yuqadigan xavfli kasallik qayd etildi
23:09 / 04.08.2021