O‘zbekiston | 12:45 / 14.07.2016
16421
2 daqiqa o‘qiladi

YuNeSKOning Butunjahon merosi qo‘mitasi Shahrisabzning tarixiy markazi kelajagidan qayg‘urmoqda

© UNESCO / Ainura Tentieva

YuNeSKOning Butunjahon merosi qo‘mitasi 13 iyuldagi yig‘ilishida Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shahrisabzning tarixiy markazini xavf ostida turgan obektlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu qaror, mutaxassislarni tuman sayyohlik infraqurilmasi masalasi bo‘yicha jiddiy tashvishga qo‘ydi. Chunki shaharda jahon madaniyati sirasiga kiruvchi obidalar qad rostlagan. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

Qo‘mita shaharda joylashgan o‘rta asrlarga taalluqli obektlarga jiddiy ziyon yetgani va zamonaviy binolar, jumladan, mehmonxona va boshqa binolarning qurilishi shaharning tarixiy qiyofasiga salbiy ta'sir ko‘rsatganligini qayd etmoqda.
YuNeSKOning Butunjahon merosi markazi va Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni qo‘riqlash kengashi (IKOMOS) o‘zaro hamkorlikda Shahrisabzga missiya uyushtiradi. Ular vaziyatni o‘nglash va zarar miqdorini qayd etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rishadi.

YuNeSKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining 40-sessiyasi Istanbulda o‘z ishini davom ettirmoqda. U 20 iyulda tugaydi.

Mavzuga oid