Jahon | 18:56 / 21.07.2016
13786
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘on yigit 10 yilda butun dunyoni minalardan tozalamoqchi

Google image

Hozir Hollandiyada istiqomat qiluvchi Afg‘onistonlik Massud Hassani minalarni aniqlashning o‘ziga xos usulini topdi. U professional sapyorlardan 200 barobar arzonroq va 20 barobar tezroq ishlaydi.

Hassani maxsus dron kashf qildi. Unda metalni aniqlaydigan detekor, 3D-kartografiya va GPS xizmatlari mavjud. Dron o‘zi minalashtirilgan hududni aniqlaydi va aniqlangan yerlarga belgi qo‘yib chiqadi. Belgilangan hududdagi barcha minalar aniqlanganidan keyin dron xavfsiz masofaga ko‘tariladi va minalarni avtomatik tarzda portlatib yuboradi.

Afg‘on yigitining bu loyihasi 70 ming yevro pul yig‘ilsa, ishga tushishi mumkin. U butun dunyodagi minalarni 10 yilda tozalash mumkin ekanini aytmoqda.