Iqtisodiyot | 09:03 / 27.07.2016
17345
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaga qarzini qaytarmaydigan bo‘ldi

Ukraina moliya vaziri Aleksandr Danilyuk Kiyev mamlakat Viktor Yanukovich prezidentligi vaqtida Rossiyadan olingan qarzni qaytarishga sabab ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda

"Bu qarz bizni olishga majbur qilingan siyosiy kredit bo‘lgan. Bizning pozitsiyamiz shundayki, biz bu pullarni qaytarmasligimiz kerak", deb aytdi vazir.

Vazir bu pullar o‘sha vaqtda davlatdagi turli to‘lovlar uchun sarflangan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi Kiyevga yangi yordam transhini ajratishda Ukrainaning Rossiya oldidagi qarzini hisobga olishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid