Jamiyat | 10:04 / 01.08.2016
10121
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi Islom va zo‘ravonlikni birlashtirmaslikka chaqirdi

Foto: rtvi.com

Rim papasi Frantsisk, dinga ishonuvchilarni Islom va zo‘ravonlikni o‘zaro bog‘lamaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Men musulmon zo‘ravonligi haqida gapirishni yoqtirmayman. Chunki, har kuni tonggi gazetalarni o‘qir ekanman, men shu yerda Italiyadagi zo‘ravonliklar haqida mutolaa qilaman. Kimdir sevgan qizini o‘ldirgan, kimdir qaynonasini. Yana bular cho‘qintirilgan katoliklardir. Agar musulmonlar zo‘ravonligi haqida gapirilar ekan, katoliklar haqida ham gapirish kerak», — degan Rim papasi. 

U, shuningdek, bugungi kunda terrorizmning avj olayotganiga pulga sig‘inishni sabab qilib ko‘rsatgan. Aynan inson manfaatlari emas, balki pul topish jahon iqtisodiyoti diqqat markaziga qo‘yilgani tufayli mana shunday salbiy holatlar paydo bo‘lmoqda.

Mavzuga oid