Jamiyat | 22:02 / 01.08.2016
22286
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik shahzoda ikkita noyob Bugatti mashinasini sotib oldi

Saudiyalik shahzoda Badr ibn Saud Bugatti rusumidagi ikkita noyob avtomobil sotib oldi. Qirollik uyi a'zosi mart oyida Jyeneva avtosalonida namoyish qilingan Chiron giperkarining aynan o‘zining hamda Gran Turismo poyga simulyatori uchun yaratilgan Vision GT shou-kari egasiga aylandi. 

Mashinalarning narxi aytilmagan. Oddiy Chiron giperkarining narxi 2,6 mln dollardan boshlanadi. Kupe 8 litrli turbirlangan, 1500 ot kuchiga ega W16 dvigateli bilan jihozlangan. Ikki eshikli giperkar birinchi 100 km tezlikka 2,5 soniyada, 300 km tezlikka esa 13,6 soniyada erishadi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 420 km ni tashkil qiladi.  

 

2015 yilda Gran Turismo 6 o‘yini uchun maxsus yaratilgan Bugatti Vision GT virtual giperkari "Shiron" haqida tasavvur berish uchun yaratilgandi. 2015 yil sentabrida "Bugatti" o‘yindagi kupening haqiqiy prototipini yaratgandi va Frankfurtdagi motorshouda namoyish qilgandi.