Dunyodagi eng tezkor harbiy samolyotlar
Bundan 150 yillar muqaddam, insoniyat parvoz qilishni orzu qilgani hech kimga sir emas. Biroq, tarixan shu qisqa vaqt ichida texnologiya shunchalik taraqqiy etdiki, endilikda parvoz qilish oddiy holga aylandi. Undan hech kim ajablanmaydi ham. Insoniyat, nafaqat havoga ko‘tarilishni o‘rgandi, balki texnik imkoniyatlarni tamokomillashtirib bordi. Qurilmasi havoga zo‘rg‘a ko‘tarilgan aka-uka Raytlar, bugungi kundagi samolyotlarning qisqa fursatda tovush tezligidan ham tez uchayotganini ko‘rishganida lol qolishgan bo‘lishardi, balki. Shunday qilib, tanishing, dunyodagi eng tezuchar samolyotlar:
6. Su-27, eng yuqori tezligi: 2,35 Max
1985-yili namoyish etilgan Su-27 Amerikaning F-14, Tomcat va F-15 qiruvchi samolyotlariga bevosita raqobatchi bo‘ldi. Undan asosan bombardimonchi samolyotlarni kuzatib borish va uzoq masofalarda havo hujumidan himoyani ta'minlash maqsadida foydalanilgan.
5. General Dynamics F-111, eng yuqori tezligi: 2,5 Max
F-111 AQSh harbiy-havo kuchlari safida 1960-yillarda paydo bo‘lgan. Undan Avstraliya va AQSh harbiy-havo kuchlari uchun jami 563 dona ishlab chiqilgan bo‘lib, 1990-yilda jangovar safdan olingan.
4. McDonnell Douglas F-15 Eagle, eng yuqori tezligi: 2,75 Max
Ushbu modelning asosiy jihatlaridan biri, o‘ta yuqori harakatchanligidir. Uchuvchi mahoratli bo‘lsa, raqibning o‘zidan ustunroq samolyotini ham dog‘da qoldirishi mumkin. F-15 Eagle chiqqanidan boshlab, Isroil, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning ishonchiga sazovor bo‘ldi. Ushbu mamlakatlar, undan qiruvchi mudofaa samolyoti sifatida foydalanadi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, McDonnell Douglas F-15 Eagle 2025-yildan keyin ham AQSh qurolli kuchlari safida qoladi.
3. MiG-31, eng yuqori tezligi: 2,83 Max
Sobiq ittifoq konstruktorlari tomonidan ishlab chiqilgan tutuvchi-samolyot. Ushbu modeldan hozirgacha Rossiya va Qozog‘iston harbiy-havo kuchlari tomonidan foydalanib kelinadi. Rossiya mudofaa vazirligi 2030-yilgacha MiG-31ni safdan chiqarish niyatida emas.
2. XB-70 Valkyrie, eng yuqori tezligi: 3 Max
XB-70 Valkyrie samolyotining bortiga bir-ikkita emas, 6ta kuchli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, shuning hisobiga u tovush tezligidan 3 barobar tezroq ucha oladi. O‘sha paytdagi bironta sovet samolyotlari bunday natija bilan farxlana olmas edi. Bundan tashqari, o‘ta muhim vazifani bajargan uchuvchi XB-70 tezligi yordamida yadro bombasi portlashidan ham omon qolishi kerak edi. Shunga qaramay, undan atigi ikkita ishlab chiqarilgan, xolos.
1. Lockheed SR-71 Black Bird, eng yuqori tezligi: 3, 43 Max
SR-71 Black Bird ayg‘oqchi-samolyot sifatida loyihalashtirilgan. Fyuzelyajning o‘ziga xos konstruksiyasi SR-71ning radar ekranlaridagi o‘lchamini kichraytirib ko‘rsatgan. AQSh harbiy havo kuchlari uchun 32 dona ishlab chiqilgan bo‘lsa, uning 12tasi uchuvchilarning aybi bilan halokatga uchragan. Axir, 1966-yili inson hali tovush tezligidan qariyb 3,5 marta tezroq ucha oladigan qurilmani boshqarishga qodir emas edi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024