Sport | 01:25 / 13.08.2016
20795
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016. Abdulla Tangriyev bronza medal uchun bahsda yutqazdi
Rio Olimpiadasining dzyudo bahslarida +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan dzyudochi, 35 yoshli Abdulla Tangriyev braziliyalik Rafael Silvaga qarshi bronza medali uchun jangda tatamiga chiqdi.
Yarim finalda yaponiyalik raqibga imkoniyatni boy bergan Tangriyev kun davomidagi beshinchi jangida yutqazdi. Mezbonlar vakili bitta yuko bahosi bilan g‘olib chiqdi.
O‘zbekistonlik dzyudochilarning oxirgi vakili bo‘lmish Abdulla Tangriyev turnirdan medalsiz qaytadigan bo‘ldi. Dzyudochilar O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 2ta bronza medalini taqdim etishdi. Diyorbek O‘rozboyev va Rishod Sobirov bronza medallariga ega chiqdi.