Jahon | 15:09 / 15.08.2016
7628
2 daqiqa o‘qiladi

Smolensk osmonidagi halokatda Kachinskiyning o‘zi aybdor?

Polshaning marhum prezidenti Lex Kachinskiy samolyotining 2010-yil 10-aprelida Smolensk osmonida halokatga uchrashida Kachinskiyning o‘zi aybdor, degan fikrni ilgari surgan Polshaning yana bir sobiq davlat rahbari Lex Valensa Feysbukdagi sahifasida.

«Murakkab vaziyatlarda havo kemasi kapitani har doim prezidentga murojaat qilib, uning qarorini kutadi. Prezident esa, samolyotning uchishi va ayniqsa qo‘nishiga ruxsat bermasligi kerak edi. Garchi barcha mas'uliyat prezident zimmasida bo‘lgan taqdirda ham», — deb yozgan sobiq prezident. 

2016-yilning aprelida Polshaning TVN24 telekanali Tu-154 samolyotining 2010-yil aprelida Smolenskka qulashidan avval uchuvchilar kabinasidagi oxirgi 38 daqiqada bo‘lib o‘tgan suhbatni e'lon qilgandi. O‘sha mudhish fojiada mamlakat prezidenti Lex Kachinskiy halok bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, uchuvchilarning ovozi va kabinaga kirganlarning ovozi bir-biridan ajralib turibdi. Shunga ko‘ra, yozuvda uchta mikrofon qayd qilgan tovushlar birikmasi mavjud: birinchi uchuvchi mikrofoni, ikkinchi uchuvchi mikrofoni va kabinaga o‘rnatilgan mikrofon. 

Bunda, telekanal so‘nggi 4 soniyadagi yozuvlarni, qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat sifatida e'lon qilmagan. 

2010-yil 10-aprelida Tu-154 samolyoti Smolenskda halokatga uchragan edi. Uning bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchi va ekipaj a'zolari, Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va rafiqasi hamda 86 nafar hukumat delegatsiyasi Katindagi xotira marosimiga parvoz qilishayotganda halok bo‘lishgandi.