Jamiyat | 00:39 / 19.08.2016
33685
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qo‘yildi

Fransiyada dunyodagi eng qimmat villa sotuvga qo‘yildi. Nitstsadan uzoq bo‘lmagan Kap-Ferra yarim orolida joylashgan “Kedr” villasi 2008 yildagi narxdan ikki barobar qimmatroq narxda sotuvga qo‘yilgan. Hozir villa deyarli 1 mlrd yevroga sotilmoqda. 2008 yilda esa 370 mln yevro va mebellar uchun qo‘shimcha 19,5 mln yevro narxda sotuvga qo‘yilgan edi.

Ushbu villa qachonlardir Belgiya qiroli Leopold II ga qarashli edi. Birinchi jahon urushi yillarida villadan harbiy gospital sifatida foydalanilgan. Hozir u rasman tarixiy yodgorlik maqomiga ega.

2008 yilda villani shveysariyalik bankir Edmond Safraning bevasi Lili Safra sotuvga qo‘ygan edi. O‘sha vaqtlar matbuotda villani rossiyalik milliarderlardan biri rekord narxga sotib olmoqchi ekani aytilgandi. Bundan tashqari ko‘plab xaridorlarning ismlari va ular sotib olmoqchi bo‘lgan narx haqida yozilgan bo‘lsa-da, ushbu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Hozir villani Marne-Lapostollar oilasi sotuvga qo‘ygan.

Mavzuga oid