Facebook kompyuter uchun o‘yin platformasini ishlab chiqarmoqda
Facebook kompaniyasi Unity Technologies muhandislari ishtirokida "kompyuterlar uchun mutlaqo yangi o‘yin platformasini" yaratish ustida ishlamoqda. Ishlab chiqaruvchilar o‘z o‘yinlarini ortiqcha qiyinchiliklarsiz Facebook.com va kompyuterga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.
Tezkor eksport funksiyasi Unity'ning yangi versiyasida amalga oshiriladi. Kompaniya Unity 5.3 cheklangan alfa-versiyaga kirish uchun arizalarni 31 avgust kuni qabul qiladi.
Unity yordamida Monument Valley, Firewatch, Kerbal Space Program, Blind Forest, Superhot va Alto's Adventure kabi xitlar yaratilgan.
Avval ishlab chiqaruvchilar Facebook SDK uchun kodni qayta ishlashlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endi ijtimoiy tarmoqning yangi platformasidan foydalanib, ular o‘z kashfiyotlarini Facebook sayti va kompyuter ilovasida tezda joriy qilishlari mumkin.
Facebook'ning o‘yin platformasi kelajakni ko‘zlab yaratilmoqda. Birinchidan, u Oculus Rift VR-o‘yinlarini tarqatish uchun do‘kon sifatida xizmat qilishi mumkin. Ikkinchidan, Facebook o‘ziga yanada ko‘proq ishlab chiqaruvchilarni jalb qila oladi, zero platformaga har qanday o‘yinni eksport qilish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:45 / 01.08.2024
Rossiyada YouTube’ning muqobili sifatida yaratilgan platforma ishdan chiqdi - OAV
15:31 / 18.05.2024
Nol budjet bilan yasalgan o‘zbekcha o‘yin - yosh dasturchilar “Shumtaka”ni qanday ishlab chiqdi?
10:37 / 30.03.2024
“Sotuvchilar bozorga borishi shart emas” – hunarmandchilik buyumlarini sotuvchi platforma yasagan dasturchi qizlar
08:56 / 20.03.2024