Jahon | 18:37 / 24.08.2016
9614
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tanklarining Suriyaga kirishi fond bozoriga salbiy ta'sir ko‘rsatdi

Turkiya armiyasining Suriyaga tanklarini kiritishi Istanbul birjasi ko‘rsatkichlari va lira kursini keskin pasaytirib yubordi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Turkiyaning Borsa Istanbul 100 indeksi 2,87 foizga tushib ketgan, bu 94ta jahon indekslari orasida eng yomoni bo‘lgan. BIST30 ko‘rsatkichi esa, savdolar chog‘ida  2,93 foizga pasaygan.

Ta'kidlash joizki, savdo kotirovkalarining pasayishi Turkiyada favqulodda holat joriy qilingan 21-iyuldan beri ilk marotaba kuzatilmoqda. 

Bloomberg tahlilchilari, ushbu salbiy jarayonni sarmoyadorlarning xavotirlari bilan bog‘lashmoqda. Ularning fikricha, Turkiyaning IShIDga qarshi jangovar amaliyotni boshlashi mamlakat ichkarisidagi xavfsizlikni izdan chiqarishi mumkin. 

Turkiya fond bozori ko‘rsatkichlari bilan birga, turk lirasining dollarga nisbatan kursi pasayishiga ham olib kelgan. O‘tgan savdolarda bir dollar 2,93 liraga baholangan.


 

Mavzuga oid