Jamiyat | 18:12 / 26.08.2016
8256
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar qahvaga bog‘liq bo‘lgan genni aniqlashdi

Olimlar qahva iste'moliga bog‘liq bo‘lgan genni aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, PDSS2 geni egalari sezilarli darajada bu ichimlikni kamroq ichishadi. Bu yangilik haqida Scientific Reports jurnalida yozilgan.

Genetiklar Janubiy Italiyadagi kichik qishloq aholisining 340 nafariga oid ma'lumotlarni to‘plashdi. Shuningdek, mamlakat shimoli-sharqiy qismidagi oltita qishloqning 843 nafar aholisi ham so‘rovnomada ishtirok etdi. Ularning barchasidan kuniga necha piyola qahva ichishi so‘raldi. PDSS2 geni variantlaridan biriga ega bo‘lgan shaxslar qolganlarga nisbatan kamroq qahva (o‘rtacha bir piyola kam) ichishgan.

Olimlar fikricha, bu gen kofein organizmda uzoq qolib ketishiga sababchi bo‘lib, hujayralarning modda parchalash qobiliyatini pasaytiradi.  Shu sababli, bunday ta'sirga ega bo‘lish uchun gen egalari kamroq qahva ichishiga to‘g‘ri keladi. Shunga o‘xshash natijalar Niderlandiya aholisining 1731 kishisi tekshirilganda ham qayd etilgan.

Mavzuga oid