AQShdagi McDonald's burgerlaridan qurt chiqdi
Amerikaning Kentukki shtatida faoliyat yurituvchi McDonald's tamaddixonasiga kirgan ikki mijoz oshxona burgeridan qurt chiqqani haqida ma'lum qilishdi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Meyfildda yashovchi Medison Stivensning aytishicha, u tamaddixonada o‘zi va bir yoshli farzandi uchun taom buyurtma bergan. Taom keltirilgach, uni tanovul qilmoqchi bo‘lganida burger ichidan qurt chiqib kelgan. Shundan so‘ng, Medison tarmoq rahbariyatiga murojaat qilgan, ular tovon sifatida 10 dollarlik McDonald's hadya kartasini berishgan.
Shtatning Draffenvill shahrilik Leysi Jo Lovett ham McDonald's burgerida qurt chiqqanini aytmoqda.
Tarmoq vakillari, kompaniyada surishtiruv ishlari olib borilayotgani, aybdorlarga choralar ko‘rilishini ma'lum qilishgan.
Mavzuga oid
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
14:50 / 04.06.2024
O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan o‘rikda qurt aniqlangani yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi
17:57 / 12.12.2021
Kentukkidagi dahshatli tornado qurbonlari soni 90dan oshdi. Omon qolganlarni qidirish davom etmoqda
09:19 / 19.04.2020