Jahon | 09:09 / 02.09.2016
6126
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya hukumatida yangi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yaqinda ichki ishlar vaziri iste'foga ketgandan keyin hukumatda yangi tayinlashlar bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

"Balki vaqti kelib, siz bunday o‘zgarishlarni boshqa vazirliklarda ham ko‘rishingiz mumkin, biroq ayni vaqtda men bu haqda bosh vazirdan hech narsa eshitmadim. Bizning hukumat belgilangan yo‘ldan ketishda davom etmoqda", deb aytdi Erdo‘g‘an.  

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakat ichki ishlar vaziri Efkan Alaning iste'foga ketganini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid