Andijon viloyatida motam marosimlari, jajji qizaloq tomonidan chizilgan ta'sirli surat
Mana uch kundirki andijonliklar O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovga chuqur ehtirom ko‘rsatish uchun shahar markazidagi Bobur maydoniga yo‘l olmoqdalar.
Maydon to‘ridagi Prezidentimiz surati poyiga guldasta qo‘yib, xayrlashgani minglab jamoatchilik va xalq vakillari kelishmoqda.
Viloyatning barcha tuman markazlarida ham yurtdoshlarimiz o‘z dil amri bilan xalqi va yurti uchun ulkan ishlarni amalga oshirgan inson uchun motam marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yurtboshimiz ishonch bildirgan kelajak vakillaridan biri jajji qizaloq dasta-dasta gullar orasiga o‘zi chizgan suratni ham qo‘yibdi. Murg‘ak farzandimiz Vatanning birinchi Prezidentiga bo‘lgan mehrini tasvirlab, suratga “O‘zbekistonimizni asraymiz, Bobojon!” deya yozgan.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024