Uber kompaniyasi AQShda haydovchisiz taksilarni yo‘lga qo‘ydi
14 sentabr kuni AQShda avtopilot tomonidan boshqariladigan taksilar ilk marta Pittsburg shahri (Pensilvaniya shtati) ko‘chalariga chiqdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
Loyiha internetdan taksi buyurtma qilish xizmatlarini taklif qiluvchi Uber kompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Haydovchisiz taksilarning ilk yo‘lovchilari jurnalistlar bo‘lib, ular uchun maxsus namoyish sayohatlari tashkil etildi.
Birinchi bosqichda Pittsburg aholisiga o‘z-o‘zini boshqaruvchi taksomotorlarning to‘rttasigina xizmat ko‘rsatadi. Bunda salonda ikki kishi - haydovchi va muhandis bo‘ladi, ular elektronika yo‘lda yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan chiqishni uddalay olmagan taqdirda, boshqaruvni o‘z qo‘llariga olishadi.
Uber yo‘lovchilarni tashish uchun Ford Fusion modelidagi avtonom boshqaruvli avtomobillarni tanladi. Ularga maxsus radarlar, lazer datchiklar va yuqori aniqlikdagi optikaga ega kameralar o‘rnatildi.
Shuningdek kompaniya tez orada boshqa avtonom mashinalar bilan boyishini ham ma'lum qildi. Kompaniya Volvo shved avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan o‘z-o‘zini boshqaruvchi mashinalarni xarid qilish uchun 300 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Mavzuga oid
23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi
21:59 / 08.10.2024
Google Play do‘konidan «Kasperskiy» antiviruslari o‘chirib tashlandi
17:53 / 08.10.2024
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi
22:33 / 07.10.2024