Jahon | 08:35 / 15.09.2016
5847
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda poyezdlar to‘qnashishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Panjob viloyatida poyezdlar to‘qnashishi oqibatida kamida 6 odam halok bo‘ldi, yana 150 dan ko‘proq odam jarohat oldi. Bu haqda Pokistonning Geo TV telekanali ma'lum qildi.  

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Mutlan shahri yaqinida tezyurar va yuk poyezdlarining to‘qnashishi oqibatida yuz berdi. Yo‘lovchi poyezdi Peshavordan Karachiga ketayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida poyezdning 4 ta vagoni to‘ntarilib ketgan. Ta'kidlanishicha, o‘nlab odamlar shikastlangan vagonlar ichida qolib ketganlar. 

Ayni vaqtda voqea tafsilotlari noma'lumligicha qolmoqda.

 

Mavzuga oid