Fan-texnika | 19:25 / 16.09.2016
16904
2 daqiqa o‘qiladi

iPhone 7 Plus ekspertlar nigohi ostida

iFixit mutaxassislari iPhone 7 Plus qurilmasining ehtiyot qismlarini ko‘zdan kechirishdi. Ekspertlarning fikricha, qurilma avval ishlab chiqarilgan modellarga nisbatan kamroq ta'mirtalab bo‘ladi. Bu haqida hi-tech.mail.ru ma'lum qildi. 

Apple kompaniyasining yangi smartfoni tahlili shuni ko‘rsatdiki, 3,5 millimetrli quloqchinlar ulanadigan joyning bo‘shagan o‘rnini yangi mexanizm - Taptic Engine egallagan, u bosim kuchini ilg‘ashni ta'minlaydi.

Shleyflar o‘ng tomonga ko‘chirilgan, izotasma mustahkamroq ishlangan - ehtimol, bu suvdan himoyalanganligi bilan bog‘liqdir. Shuningdek qo‘shimcha rezina qopqoqlar paydo bo‘lgan. Yangi qurilma ekrani endi yon tomondan ochiladi, bu esa iPhone'ga xos bo‘lmagan xususiyat. 

Smartfon batareyasi 2 900 mAch sig‘imga ega. Bahosi tushgan iPhone 6s Plus qurilmasining akkumulyatori yangisidan 150 mAch kam. Bundan tashqari, iPhone 7 optimallashgan A10 Fusion protsessori hisobiga avvalgilaridan bir soatga ko‘proq ishlaydi. 

 

Mavzuga oid