Yaponiyalik siyosatchi AQShni Qrimga siyosiy bosim o‘tkazishda ayblamoqda
AQSh hukumatining Rossiya Davlat dumasi uchun Qrim hududida bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini tan olishni rad etganini mintaqaga o‘tkazilayotgan siyosiy bosim sifatida baholash kerak. Yaponiyaning "Issuy-Kay" vatanparvarlik tashkiloti raisi Mitsuxiro Kimura shunday fikrni ilgari surgan.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Petr Poroshenko G7 va YeI mamlakatlarini Rossiya Davlat dumasi uchun Qrim va Sevastopolda bo‘lib o‘tajak saylovlarning huquqiyligini tan olmaslikka chaqirgan edi. Shundan so‘ng, AQSh Qrim hududida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonini tan olmasligini e'lon qildi. Yevropaning qator mamlakatlari TIVlari ham shunday yo‘l tutdi.
"Qo‘shma Shtatlarning Davlat departamenti vositasida saylov natijalari e'lon qilinmasidan avvalroq, Qrimdagi saylov natijalarini har qanday holatda ham tan olmasligini bildirishi, men uchun shubhali va yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan hodisadir. Va bu asli noto‘g‘ridir", — degan Kimura jurnalistlarga. U, saylov kuni Simferopol, Bahchasaroy, Yevpatoriya, Saka va Simferopol tumanlaridagi ovoz berish uchastkalariga tashrif buyurgan.
Yaponiyalik siyosatchi g‘arb mamlakatlarining qrimliklar irodasini tan olmaslik siyosatini davom ettirayotganidan afsus bildirgan.
Rossiya Davlat dumasi uchun ilk bor saylovlar o‘tkazilgan Qrimda 3ta bir mandatli saylov okrugi va Sevastopol shahrida bitta okrug tashkil etildi. Yarimorolning 1,8 mln aholisi ovoz berish huquqiga ega.
Mavzuga oid
15:53 / 10.09.2024
Yevroittifoq Qrimdagi «saylovlar»ning noqonuniyligini ta’kidladi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
08:34 / 17.08.2024
Rossiya 12 ta ATACMS raketasi tomonidan Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan hujumni qaytardi
08:28 / 05.08.2024