WSJ: AQSh Iroqdagi harbiylari sonini oshirmoqchi
AQSh harbiylari, Iroqning Mosul shahrini egallashga qaratilgan amaliyotdan avval, qo‘shimcha ravishda 500 askarni safarbar etish uchun Amerika hukumatiga murojaat qilmoqda, deb yozgan The Wall Street Journal nashri Amerika mulozimlariga tayangan holda.
Aniqlik kiritilishicha, Iroqda rasman 4,4 ming amerikalik harbiy xizmatchi mavjud.
Agar, Oq uy ma'muriyati taklifni ma'qullasa, qo‘shimcha harbiylar guruhi Iroq askarlari va xalqaro koalitsiya kuchlari bilan birga Mosulni egallashga qaratilgan amaliyotga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
Amerikalik mulozimlarga ko‘ra, IShID nazorati ostida qolayotgan Mosulni qaytarib olishga qaratilgan amaliyot oktabr oyi o‘rtalariga belgilangan. Nashrning yozishicha, prezident Barak Obama hozircha mazkur rejadan xabardor qilinmagan.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024