Sport | 12:24 / 26.09.2016
5679
1 daqiqa o‘qiladi

"Formula-1" chempioni irqchilik uni kuchliroq qilgani haqida gapirib o‘tdi

"Formula-1" bo‘yicha uch karra jahon chempioni Lyuis Hemiltonning aytishicha, bolaligidagi irqiy kamsitish kelajakda uni muvaffaqiyatli poygachi bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

"Men katta bo‘lgan yerda irqchilik juda avjiga chiqqan edi. Meni maktabda kamsitishar, bu esa meni ilhomlantirardi. Bu xuddi jangda olingan jarohatlarga o‘xshar edi — ular seni battar kuchli qiladi.

Otam doim shunday der edi: "O‘z javobingni trassada qaytar" va men birinchi kundanoq shunday qilganman. 

"O‘z natijalaringni barcha so‘zlardan balandroq yangrashiga imkon ber. Sen atrofingdagi odamlarga biror nima deyishga majbur emassan", — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi F1i nashri.

Mavzuga oid