Sport | 14:35 / 28.09.2016
5704
1 daqiqa o‘qiladi

Karlos Teves 32 yoshidayoq faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda

Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi  hujumchisi Karlos Teves faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotganini ma'lum qildi.

“Katta ehtimol bilan yil oxirida “Boku”ni tark etarman. Faoliyatimni yakunlash borasida o‘ylamoqdaman. Charchadim.

Tez orada oilam va agent bilan futboldan ketishim borasida suhbatlashaman va bir qarorga kelaman. Hozircha bilmayman”, – deydi Teves.

O‘tgan yili 32 yoshli futbolchi “Boku” Xuniors”ga qaytdi va jamoa bilan mamlakat chempioniga aylandi.

Mavzuga oid