Fan-texnika | 20:40 / 29.09.2016
5852
2 daqiqa o‘qiladi

Audi Parijda kelajak krossoverini namoyish qildi

Parijda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro avtosalon doirasida ikkinchi avlod Audi Q5 avtomobilining rasmiy ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. 

Krossover moslashuvchan pnevmatik podveska bilan jihozlangan va kompaniya vakillarining aytishicha, "xushbichim va sport" ko‘rinishiga ega.

"Mashinada qo‘llangan muhim innovatsiyalarga ultra texnologiyasiga ega quattro to‘liq privodi, yuqori samarador dvigatellar, boshqariluvchi dempfirlashga ega pnevmatik podveska va axborot-ko‘ngilochar funksiyalari hamda yordamchi tizimlarning to‘liq to‘plamini kiritish mumkin", deb aytdi AUDI AG boshqaruv raisi Rupert Shtadler.

Yangi Audi Q5 uchun 14 rangdagi kuzov hamda jihozlashning 5 ta yangilangan varianti: sport va design, S line paketlari, Audi design selection va S line tashqi bezak paketi taklif qilinadi. Mashina o‘zi takomillashadigan yo‘nalish yordamchisi bilan jihozlangan. Tizim haydovchi odatlariga moslashib, unga optimal harakatlanish yo‘nalishini taklif qiladi. Avtomobil sotuvga 2017 yil boshida chiqariladi.

 

Mavzuga oid