Jamiyat | 10:30 / 29.09.2016
41448
2 daqiqa o‘qiladi

U o‘g‘lini uylantirdi, yigit esa onasini sotuvga qo‘ydi

Shodiyonalar saroyi... To‘y avjida... 

To‘rga qo‘yilgan va bezatilgan o‘rindiqda kelin va kuyov, atrofidagilarida esa ularning qarindoshlari o‘tirishibdi. Kelin o‘tirganlarga razm solar ekan, munkaygan qaynonasini ko‘rib o‘ng‘aysizlandi va kuyovning qulog‘iga: 
– Onangizga ayting, u yerdan pastga tushib o‘tirsin! O‘tirishlarini yoqtirmadim!, – deya shivirladi. 

Bu taklifdan larzaga kelgan kuyov shitob bilan o‘rnidan turdi va mikrofonni qo‘liga olib:

– Onamni kim sotib oladi?! – deya uch marta takrorladi. 

Mehmonlar kuyov bolaning bu gaplarini eshitib, ustlaridan muzdek suv quyilgandek, qotib qolishdi. Hammaning nigohi kuyov bolaga tikildi va u qo‘lidagi nikoh uzugini chiqarib otdi va: “Onamni o‘zim sotib olaman!” – dedi va qaylig‘ini taloq qo‘yib, onasi bilan saroydan ayrildi. 

Bu voqea tumanda shov–shuvga sabab bo‘ldi. 

Kunlarning birida bir odam kelib yigitga: 
– Men qizim uchun sizdan ko‘ra loyiqroq boshqa birovni ko‘rmadim, – dedi va biron moddiy mahr olmay qizini unga uzatdi. 

Allohim, onalarimizni jahannamdan uzoq, jannatga esa yaqin qil! Tiriklarining umrlarini iymon, ixlos va solih amallar bilan uzoq qil! 

Olamdan o‘tganlarining yotgan qabrlarini jannat bo‘stonlaridan biri, oxiratdagi makonlarini esa Firdavs jannatlari qil!
 
Arabchadan Erkin tarjimasi. Manba: Mehrob.uz

Mavzuga oid