Iqtisodiyot | 18:07 / 29.09.2016
50267
1 daqiqa o‘qiladi
Markaziy bank Respublika valyuta birjasiga litsenziya berdi
O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Respublikada valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi birja faoliyat yurita boshlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga asosan “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyatiga valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi”, - deyiladi Markaziy bank xabarida.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi 1992 yil may oyida tashkil etilgan bo‘lib, faoliyatining maqsadi valyuta bozori, davlat qimmatli qog‘ozlari bozori va pul bozorida birja savdolarini tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta'minlashdan iborat.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
17:05 / 02.11.2024