Jamiyat | 15:54 / 02.10.2016
10268
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Yevropa tillar kuni o‘tkazildi

Foto: Madina Nurman

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Yevropa tillar kuniga mezbonlik qildi. Britaniya Kengashi, Toshkentdagi Gyote instituti, Fransiya elchixonasi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi ushbu o‘ziga xos xalqaro festivalning asosiy tashkilotchilari sanaladi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan italyancha raqs, ingliz, fransuz, nemis tillaridagi qo‘shiqlar hamda turli madaniyatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari avvalida diplomatik korpus, elchixona va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari so‘z olib navbatdagi festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirning eng avj nuqtasi, shubhasiz, Yevropa tillar kuni munosabati bilan maktab, litsey-kollej va universitet talabalari o‘rtasida tashkil etilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Universiteti asosiy foyesida namoyish etilgan ta'lim va madaniyat yarmarkasi esa shu kuni ommaning e'tiborini eng ko‘p o‘ziga qaratgan nuqtaga aylandi. 

Unda Yevropa Ittifoqi, Chexiya Respublikasi, Gruziya, AQSh, Slovakiya, Ruminiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha Respublikasi, Shveytsariya hamda Ukraina elchixonalari o‘zlari uchun ajratilgan maxsus hududlarda talaba-yoshlar uchun interaktiv o‘yinlar, viktorinalar uyushtirdi.

Mavzuga oid