Fan-texnika | 17:35 / 05.10.2016
14203
4 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

© Reuters

Yangiliklardan xabardor kishilar Stiv Jobs nomini yaxshi bilishadi: Apple kompaniyasining asoschisi kishilarni texnologiyalar bilan "do‘stlashtiruvchi" qurilmalar yaratib, insoniyatga juda katta ta'sir ko‘rsatgan. Jobsning jamoasi tomonidan yaratilgan gadjyetlar ko‘p sohalarda iste'moldagi qurilmalar etaloni hisoblanadi, Apple rahbari har bir qurilmani ishlab chiqarish jarayonini shaxsan nazorat qilgan.

Gazeta.ru Stiv Jobs xotirasiga uning turli yillardagi suratlaridan iborat fotojamlanmasini taqdim etdi.

Jobsning 1984 yil 24 yanvarda De Anza Universitetidagi aksionerlar yig‘ilishida o‘tkazgan Macintosh taqdimoti marketing tarixidan joy olgan. Stiv oddiy taqdimotni unutilmas shouga aylantirgan. U o‘zining chiqishini Bob Dilanning "zamonlar o‘zgarayotganligi" haqidagi she'ri bilan boshlagan. 

1970-yillarning oxirida Stiv Jobs va uning do‘sti Stiv Voznyak katta tijorat salohiyatiga ega ilk personal kompyuterlardan birini ishlab chiqarishdi. Apple II kompyuteri kompaniyaning Stiv Jobs tashabbusi bilan yaratilgan birinchi ommaviy mahsuloti bo‘lgan. Keyinchalik Jobs "sichqoncha" orqali boshqariluvchi grafik interfeysning tijorat salohiyatini  ko‘rgan, bu Apple Lisa hamda Macintosh (Mac) kompyuterlari yaratilishiga turtki bo‘lgan

1985 yilda Jobs o‘zi tashkil qilgan Apple kompaniyasidan bo‘shatilgan, bu unga ikkinchi kompyuter kompaniyasi - NeXT, shuningdek Pixar multiplikatsion studiyasiga asos solishiga imkon bergan. Jobs Pixar'ni Uolt Disney studiyasiga sotganidan keyin Walt Disney Company'ning eng yirik aksioneriga aylangan

Stiv Jobs Parijdagi yangi iMac taqdimotida, 1998 yil

Jobs va Geyts o‘rtasidagi farq ishga prinsipial boshqacha yondashuvda bo‘lgan. Jobs ishlab chiqarish va savdoni to‘liq nazorat qilish tarafdori bo‘lgan, Geyts esa gorizontal tizimni qo‘llab-quvvatlagan, u mahsulot va texnologiyalarni litsenziyalashga asoslangan va bu dasturiy ta'minot bozorida bu korporatsiyaning ustunlik qilishiga imkon yaratgan

Stiv Jobs va iMac'ning shaffof korpusdagi maxsus versiyasi, 1999 yil

Jobs o‘z ishida "Kelajakni prognoz qilishning eng yaxshi usuli - uni yaratish" prinsipiga tayangan. Jobs doim Apple'ning oldinda bo‘lishiga intilgan va kompaniya mahsulotlari axborot texnologiyalari sanoatida yuqori o‘rinlarni zabt etib kelgan

2010 yilning 23 iyunida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev iPhone to‘rtinchi avlod smartfonining eng yangi modelini Stiv Jobsdan sovg‘a sifatida qabul qilgan

Hayotining so‘nggi yillarida Jobs oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashgan. O‘zining diniy qarashlari tufayli tadbirkor jarrohlik muolajasidan bosh tortib, noan'anaviy tibbiyotga ro‘yxushlik bergan. Suratda: Stiv Jobs iPad taqdimotida, 2010 yil

Jobs Apple rahbari lavozimini o‘limiga 1,5 oy qolganda - 2011 yilning avgustida tark etgan. U kompaniyaning hozirgi rahbari Tim Kukni o‘z vorisi sifatida tayinlagan. Stivning o‘limidan bir kun avval taqdim etilgan iPhone 4s smartfoni kompaniya muxlislari tomonidan «For Steve» ("Stiv sharafiga") nomini olgan.

Suratlar: Gazeta.ru

Mavzuga oid