Jahon | 17:59 / 05.10.2016
12204
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Halabda 4 yil ichida ilk marta tanklardan foydalandi

Foto: Reuters

Suriya armiyasi Halabda jangarilar pozitsiyalariga tanklar bilan hujum qildi. Bu mazkur mintaqada janglar olib borilayotgan keyingi 4 yil mobaynida ilk marta tanklardan foydalanilishi bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» Al Jazeera telekanaliga asoslangan holda xabar bergan

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Suriya hukumati kuchlari Halab sharqiga, jangarilar nazoratiga tank bo‘linmalarini yo‘llagan.

Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotiga tayanib ma'lum qilinishicha, hukumat kuchlari 4 oktabr kuni «Jabhat Fath ash-Shom» jangarilari tasarrufidagi Halabning sharqiy dahalariga bir yo‘la bir necha yo‘nalishlardan kirishga harakat qildi. 

Harbiylar hozircha faqat shimoli-sharqdagi ayrim hududlar, jumladan, falastinlik qochoqlarning sobiq «Xandarat» lagerini egallashga muvaffaq bo‘lgan, xolos.

Mavzuga oid