Jahon | 10:23 / 08.10.2016
14928
1 daqiqa o‘qiladi
Obama AQSh prezidentligi uchun saylovlarda muddatidan oldin ovoz berdi
Barak Obama AQSh Prezidentligi uchun 8 noyabrga belgilangan saylovlarda muddatidan avval ovoz berdi, deb xabar qilmoqda Oq uy ma'muriyati.
Obamaning prezidentlik muddati 2017 yil yanvarida poyoniga yetadi. Qonunga ko‘ra, u uchinchi muddatga nomzodini ilgari sura olmaydi.
Davlat rahbari o‘zi istiqomat qilgan Chikago shahriga uyushtirgan saylovoldi safari chog‘ida ovoz berishga qaror qilgan. AQShda ko‘pchilik saylovchilar muddatidan avval yoki pochta orqali ovoz beradi.