Jamiyat | 15:45 / 08.10.2016
20863
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qoidabuzar internet klublari jazolandi

Foto: Russtartup.ru

Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 fevralda  “Toshkent shahrida internet tarmoqlari va kompyuter orqali xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 146-son qarori chiqqan edi.

Ushbu qarorga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi internet kafe va kompyuter klublari kechasi soat 21:00gacha ish olib borishi belgilangan. Afsuski, ushbu qarorning bajarilishi o‘rganilganda, uning talablarini hali-hamon buzib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar borligi aniqlanmoqda, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi rasmiy sayti. 

Xususan, tumanlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan 2016 yil 3-6 oktabr kunlari shahardagi 63 ta “internet kafe” va “kompyuter klub” faoliyati o‘rganilganda: 

Mirobod tumani Fitrat ko‘chasi, 28-uyda joylashgan «ZOIR-SIDDIQ BIZNES PLYUS»MChJga qarashli “Shicago” kompyuter o‘yingohi 3 oktabr kuni soat 23:00 da va Mirobod ko‘chasi, 27/9-uy, 1,2,3-xonadonlarida joylashgan “ART INTER TRAYD” MChJga qarashli“PRAYM TIME PLAYSTATION” kompyuter o‘yingohi 5 oktabr kuni soat 21:20 da;  
Yunusobod tumani 14-mavzeda joylashgan « PLAYSTATION -3» kompyuter o‘yingohi 3 oktabr kuni soat 23:00 da va 11-mavzeda joylashgan “GAME CLUB” kompyuter o‘yingohi3 oktabr kuni soat 23:30 da;
Yashnobod tumani Usmon Nosir ko‘chasi, 13-uyning yerto‘la qismida joylashgan«PLAYSTATION» kompyuter o‘yingohi    6 oktabr kuni soat 23:10 da (7 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatayotganligi);
Yakkasaroy tumani Bratislava ko‘chasi, 2-uyda joylashgan “VOLCANO GAME” MChJgaqarashli “ADRENALIN NET” kompyuter o‘yingohi 6 oktabr kuni soat 22:30 da (17-18 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatayotganligi);
Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasida joylashgan “RESPECT” kompyuter o‘yingohi 5 oktabr kuni soat 22:30 da faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Tungi soat 21:00 dan keyin faoliyat yuritganligi aniqlangan ushbu xo‘jalik sub'yektlariga nisbatan ma'muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi va jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli sudlarga yuborildi. Ushbu yo‘nalishda tungi reydlar davom ettiriladi.

 

Mavzuga oid