Light | 19:03 / 11.10.2016
10443
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlarning qanday turlari mavjud?

Foto: Syda_Productions / Depositphotos

TripAdvisor sayyohlik servisi mutaxassislari sayyohlarning 6 xil turini aniqlashdi. Bu haqida kompaniyaning "Lenta.ru" tahririyatiga kelib tushgan matbuot relizida ma'lum qilingan. 

Mutaxassislar sayyohlar shaxsini aniqlashda global so‘rovnoma ma'lumotlariga asoslanishgan. Sayyohlarning bir turi - foydali takliflar ovchilari hisoblanadi. Bunday kishilar sayohatdan maksimal darajada foydalanishni istashadi va ko‘pincha farzandlari bilan birga dam olishadi. Bu, qoidaga ko‘ra, 25-34 yoshdagi o‘rtacha daromad oluvchi kishilardir. 

Ikkinchi guruh - eksklyuziv turizm ishqibozlari. Bu guruhdagi hordiq chiqaruvchilarning yoshi - 25-49 atrofida. Ular mo‘may daromad olishadi, xarajatlarda o‘zlarini u qadar cheklashmaydi va odatda hamkor bilan sayohat qilishadi. 

TripAdvisor ekspertlari dam olishga faqat jamoa bilan otlanadigan ijtimoiy sayyohlarni ham alohida qayd etishdi. Individual sayyohlar esa, aksincha, yolg‘iz sayohat qilishni ma'qul ko‘rishadi. Yuqorida tilga olingan ikki guruh vakillarining daromadi turlicha bo‘lishi mumkin, yoshi esa 25-49 yoshni tashkil etadi. 

Tadqiqotchilar yo‘nalish, xususan, restoranlar, mehmonxonalar va boshqa ko‘ngilochar maskanlarga doir ma'lumotlarni qidirishga ko‘p vaqt sarflashadi. Bu ko‘pincha 25-49 yosh atrofidagi yuqori daromad oluvchi kishilarga xosdir.

Konservator-sayyohlar odatda doim bir joyga borishadi. Shuning uchun ularning sayohatni rejalashtirish yoki ma'lumotlarni to‘plashiga kam vaqt ketadi. Qoidaga ko‘ra, bu - o‘rta daromad oluvchi 35 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan, yolg‘iz sayohat qilishni xush ko‘ruvchi kishilar. 

Onlayn-so‘rovnoma joriy yilning yoz oyida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 33 mamlakat fuqarosi ishtirok etgan. Tadqiqot 36 mingdan ortiq kishini qamrab olgan. 

 

Mavzuga oid