Iqtisodiyot | 15:53 / 13.10.2016
10800
1 daqiqa o‘qiladi
Turk lirasi tarixiy minimumgacha pasaydi
13 oktabr kuni ochilgan savdolarda turk lirasi tarixiy minimumni qayd etdi.
Bloomberg xabarida qayd etilishicha, lira AQSh dollariga nisbatan 0,6 foiz, tarixiy minimumgacha – 1 dollar uchun 3,1057 liraga pasaydi.
Bundan oldingi antirekord (3,0973/$1) Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinish ro‘y bergan kunlarda qayd qilingandi.
Turkiya markaziy banki 2016 yilda bir necha marta milliy valyuta daromadlari pasayishi tufayli foiz stavkalarini pasaytirgandi.